<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 // Mastona yurgancha gʻayri yurtlarda, //
 Unib oʻsgan oʻz yurtingdan ayrilma.
 Bir maʼlum kaklikdek maʼsum umringda,
 // Domga tushib qanotingdan ayrilma. //

[V2]
 Tavakkal et Haqqa holi diling bor,
 Sabr aylagil, besabrlik ham bekor.
 Har yerda ishlasang, nasibangdir bor
 // Boy boʻlay deb izzatingdan ayrilma. //

[V3]
 Gadolarni koʻngli shohlikni istar,
 Nodonni koʻngli dushmanlik istar.
 Beqadrlar yolgʻon soʻzingni rostlar,
 // Qadring bilgan ulfatingdan ayrilma. //

[V4]
 Nomardlar, muxammaslar,nochorlar,
 Xomushing boʻlsa qocharlar.
 Siring fosh etib, aybing ocharlar,
 // Taʼlim bergan ustozingdan ayrilma. //

[V5]
 Kimsa qashshoq boʻlsa, kimsa boy boʻlar,
 Har kishining baxtu iqboli boʻlar.
 Har ne kelsa boshingga tilingdan kelar,
 Maxtumquli Haq yodidin ayrilma.
 // Taʼlim bergan ustozingdan ayrilma. //</lyrics>
<title>Horazimcha 12</title>
</song>